Lavash Centerning yangi brend platformasi rostgöylik va insoniylikka urğu beradi, bu esa brend kommunikatsiyasining asosiga aylanadi. «2010-yildan beri vijdonan tayyorlangan taom» şiori kompaniya işining asosiy tamoyillarini aks ettiradi: işonçlilik, professionallik, mahsulotlar sifati va barraligiga eʼtibor. Bu, şuningdek, fastfud sohasida ayniqsa muhim bölgan soddalik va şaffoflik falsafasini taʼkidlaydi.
Biz brendning rostgöyligiga urğu berişga qaror qildik va bu yangi vizual uslubning har bir elementida aks etdi. «Birinçi tişlam» konsepsiyasi taşrif buyuruvçilar bilan ularning taomdan olgan ilk taassuroti orqali bir zumda hissiy boğliqlik örnatiş ğoyasiga asoslanadi, bu taassurot zavq va işonç tuyğusini uyğotişi kerak. Şuningdek, bu Lavash Centerning har doim sifatli, yangi tayyorlangan va mazali taom topsa böladigan joy sifatidagi obrazini mustahkamlaydi.