Safia iliq oilaviy qadriyatlar va muhitga ega brend. Agar öşa paytda Safia kafe-novvoyxonalari tarmoği nimani yodga solardi, deb sörasangiz, xayolga bir neça narsa kelardi, ammo birinçilardan biri brendning köpçilik sevgan maskoti, qiziquvçan qizça Safiya bölardi.
Uning prototipi brend asosçisining oilasidagi qizaloq ekani sir emas. Safiya personaji nafaqat tarmoq logotipi va boşqa brend tatbiqlarida, balki brendga qaraşli kompaniyalar logotiplarida ham bor, şuning uçun uning tasvirini zamonaviylaştiriş bilan birga, turli vaziyatlarga moslaştirilgan köplab variantlarni ham işlab çiqiş kerak edi.