+998 99 808 39 99

office@manobranding.uz

Узбекистан, Ташкент, улица Тараса Шевченко, 21, БЦ Shevchenko Plaza

Air Samarkand uçun vizual identifikatsiya: aviakompaniyaning zamonaviy qiyofasida Samarqand obrazlari
Air Samarkand Samarqandni mehmondöstlik va madaniy meros markazi sifatida tanitadigan yangi aviakompaniya. Kompaniya eng yuqori darajadagi xizmatni taʼminlaş va mintaqa aviatsiya sohasida yetakçiga aylanişga intiladi, sayohatçilarga anʼana va zamonaviylikni uyğunlaştirgan betakror tajriba taklif etadi.
Vazifa Samarqandning madaniy kodlarini aks ettiradigan, şahar ruhini yetkazadigan va kompaniyaning yuqori standartlarini qöllab-quvvatlaydigan vizual identifikatsiya yaratiş edi. Asosiy qiyinçilik tarixiy meros va zamonaviy trendlarni uzoq yillar davomida dolzarbligini yöqotmaydigan dizayn tizimida birlaştiriş böldi.
Jamoamiz Samarqandning madaniy ramzlari va arxetiplariga asoslangan moslaşuvçan vizual tizim işlab çiqdi. Asosiy ğoya dizayn detallari va elementlari orqali anʼanalar bilan boğliqlikni taʼkidlab, brendning oson tanib olinadigan obrazini yaratiş edi.

Konsepsiya ikki asosiy ramzga tayanadi: kuç va himoyani ifodalovçi qanotli qor qoploni hamda tarix va zamonaviylik örtasidagi muvozanatni aks ettiruvçi sakkiz qirrali yulduz.
Vizual identifikatsiyaga logotipdan tortib brend tatbiqlarini bezaş tizimigaça köplab elementlar kirdi. Aviakompaniya uçun vizual uslubning eng muhim taşuvçisi samolyotlarning özidir, şu sababli biz samolyot dum qismidagi livreyaga (taşqi bezakka) alohida eʼtibor qaratdik. U yerga firma kök rangi fonida qanotli qor qoploni tasvirini joylaştirdik: bu osmon bilan boğliqlikni va kompaniya maqomini taʼkidlaydi.

Dizaynga sakkiz qirrali yulduzdan ilhomlangan grafik elementlar ham kiritilgan. Livreya aeroportlarda nafaqat eʼtiborni tortadi, balki anʼanalarni qulaylik va yölovçilarga ğamxörlik borasidagi zamonaviy yondaşuv bilan uyğunlaştirib, Samarqand mehmondöstligining ramziga aylanadi.
Logotip şarqona xarakterni taʼkidlovçi, ammo zamonaviy urğuga ega çiziqlar va nisbatlarning nafis uyğunligidan iborat. U şamollar gulini eslatuvçi va şahar meʼmoriy elementlari bilan hamohang sakkiz qirrali yulduz bilan bezatilgan. Ikkinçi muhim ramz Samarqand gerbida tasvirlangan afsonaviy himoyaçi va kuç timsoli bölmiş qanotli qor qoploni böldi.
Brendning asosiy ranglari bölgan kök va qum rangi osmonni hamda Samarqand meʼmorçiligining uluğvorligini yodga soladi. Kök rang işonçlilik, barqarorlik va yuksaklikni ifodalaydi, qum tuslari esa iliqlik va mehmondöstlik bağişlaydi. Bu tuslar mintaqa madaniy merosining muhim elementi bölgan sakkiz qirrali yulduzga asoslangan firma naqşlari bilan birga qöllanadi.
Air Samarkand vizual identifikatsiyasi yengillik va qulaylik hissini uyğotadigan firma naqşlari va ravon çiziqlarni öz içiga oladi. Tipografikadan qadoqqaça har bir element brendning öziga xosligini ifodalaydi va uning umumiy konsepsiyasi bilan uyğun keladi. Asosiy urğu uslubning xilma-xilligiga qaratilgan: qanotli qoplon samolyot dumida profildan tasvirlangan bölsa, boşqa tatbiqlarda töliq gavdasi bilan qöllanadi.
Öxşaş loyihalar