Silkavia Özbekiston şaharlarini boğlab, mamlakat içida qulay va hamyonbop parvozlarni taklif qiladigan aviakompaniya. Vazifamiz milliy ruhni aks ettiradigan va kompaniyani raqobatçilar orasida ajratib turadigan yaxlit vizual brend tizimini yaratiş edi.
Silkavia yengillik, taraqqiyot va Özbekiston madaniy merosining timsoli. Milliy ruhni şunçaki zamonaviy talqinda körsatiş emas, balki aviakompaniyalar uçun odatiy dizayn kodlariga mos tuşadigan funksional dizayn yaratiş muhim edi.
Jamoamiz kompaniya uçun brend identifikatsiyasining butun vizual tizimini işlab çiqdi: logotipdan tortib samolyot livreyasi, uçuvçilar va bortkuzatuvçilar formasi dizaynigaça. Silkavia içki yönalişlarda parvoz qilgani uçun dizayn konsepsiyasida milliy ruhni ifodalaşni istadik. Şu bois uslub asosiga milliy özbek motivlarini oldik va ularni yangiça talqin qildik.
Livreya uçun ilhom manbai xon-atlas matosi böldi. U özbek hunarmandçiligining eng taniqli namunalaridan biridir. Xon-atlasdan tikilgan hilpiragan şarf obrazi Silkavia nomini aniq oçib beradi. Axir aviakompaniya respublika böylab ipakdek mayin, yölovçi qulayligiga urğu berilgan parvozlarni taklif qiladi.
Matoning naqşi şamolda hilpirayotgan ipak taassurotini uyğotadi va livreya rasmiga dinamika qöşadi. Ipak şarf samolyotning örtasidan dumining uçigaça çözilib boradi. Hilpiragan livreya ham logotip kabi brendning katta dizayn tizimining bir qismiga aylandi.
Silkavianing asosiy vazifasi Özbekiston şaharlarini özaro boğlaşdir. Buni logotipda körsatdik: nom atrofidagi yoy «i» harfini yuqoridan va pastdan tutaştiradi, bu harf esa uzluksiz parvoz yönalişlarini ramziy ifodalaydi. Ular birgalikda logotip atrofida har kimga tuşunarli aviatsiya obrazini, yaʼni illyuminator oynasini hosil qiladi. Illyuminator mavzusi vizual kommunikatsiyalar tizimi elementlarida ham rivojlantirilgan.
Firma ranglari palitrasi lola guli va anorni ifodalovçi asosiy qizil va töq qizil ranglardan iborat. Qöşimça ranglar sifatida livreyadagi xon-atlas naqşining barça tuslari olingan. Illyuminator mavzusini brend tatbiqlarida ham vizual rivojlantirdik: uning konturi turli maketlarda konteyner şakllar yaratiş uçun ramka vazifasini bajaradi.
Silkavia uni raqobatçilar orasida ajratib turadigan, aviakompaniyaning öziga xosligi va missiyasini, yaʼni Özbekiston şaharlarini boğlaşni taʼkidlaydigan vizual tizimga ega böldi. Madaniy meros va dizayndagi zamonaviy yondaşuvlardan ilhomlangan yangi brend qiyofasi nafaqat qulaylik ramzi, balki mamlakat aviatsiyasi rivojidagi yangi sahifaning bir qismiga ham aylandi.