+998 99 808 39 99

office@manobranding.uz

Узбекистан, Ташкент, улица Тараса Шевченко, 21, БЦ Shevchenko Plaza

«Sarob»: tabiatni asraş missiyasiga ega mazali muzqaymoq
Özbekistondagi yirik sut mahsulotlari işlab çiqaruvçilaridan biri bölgan «AGRO BRAVO» kompaniyasi bizga yangi muzqaymoq brendini yaratiş iltimosi bilan murojaat qildi. Asosiy vazifa nafaqat yuqori sifati bilan ajralib turadigan, balki töyingan bozorda raqobatçilar orasida yaqqol közga taşlana oladigan noyob va jozibali mahsulot yaratiş edi.
Biroq tijoriy maqsadlardan taşqari, mahsulotning sifati va ijtimoiy ahamiyati haqida hikoya qiladigan taqdimot strategiyasini taklif qiliş ham muhim edi.
Oldimizga dadil maqsad qöydik: taʼm, jozibadorlik va ijtimoiy masʼuliyatni özida mujassam etgan muzqaymoq brendini yaratiş. Inson taʼsirida tez eriydigan mahsulot mohiyatining özidan ilhomlanib, brend missiyasi sifatida Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan, yöqolib borayotgan hayvon turlarini qöllab-quvvatlaşni tanladik. Şunday qilib, brend tabiatni muhofaza qiliş masalalariga eʼtibor qaratişga xizmat qiladigan platformaga aylanişi kerak edi.
Demak, asosiy vazifa nafaqat isteʼmolçilarni xursand qiladigan mahsulot yaratiş, balki har bir xaridorni noyob hayvonlarni himoya qilişga qaratilgan muhim taşabbusning bir qismiga aylantiriş edi. Şunda har bir xaridor mintaqaning tabiiy merosini saqlab qolişga öz hissasini qöşadi.
Brendning vizual identifikatsiyasi yöqolib ketiş konsepsiyasini kuçaytiradi. Buning uçun noyob hayvonlarning siluetlarini taşkil etuvçi mozaik grafikadan foydalandik va şu tariqa «yöqolib borayotgan» tasvir effektini yaratdik. Muzqaymoqning har bir taʼmi mintaqadagi noyob hayvonlardan biri bilan boğlangan: masalan, Tyanşan qönğir ayiği, arxar, jayron, manul, burgut va morxör. Har bir qadoq uçun öşa hayvonning özigagina xos xususiyatlari bilan boğliq alohida uslub işlab çiqildi.
Bu vizual boğliqlik isteʼmolçilarga muhim missiyaga daxldorligini his qiliş imkonini beradi. Biroq brend missiyasi bilan boğliqlikdan taşqari, biz qadoqni yorqin qildik: u javonda közga taşlanişi va ayni paytda vizual jozibadorlik juda muhim bölgan kategoriya doirasidan çiqib ketmasligi kerak edi. Rang palitrasi va teksturalar şu hayvonlar yaşaydigan tabiiy muhitni, yaʼni toğlar, daştlar yoki örmonlarni taʼkidlaydi. Bunday yondaşuv har bir qadoqni nafaqat mahsulotga, balki tabiat naqadar nozik ekanini eslatib turuvçi muhim belgiga aylantiradi.
Şu tufayli mahsulot xaridor uçun közga taşlanadigan böldi va muhim ğoyani yetkazuvçi vositaga aylandi. «Sarob»ni xarid qilgan har bir inson nafaqat sifatli va mazali desert sotib oladi, balki noyob tabiiy merosni asraşga ham yordam beradi.
«Sarob» oddiy muzqaymoq emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ega brend namunasi. U ekologiya muammolari haqida öylab köriş uçun turtki beradi va vaziyatni özgartirişning oddiy imkoniyatini taklif etadi. Yangi brend kompaniya assortimentini kengaytiribgina qolmay, «AGRO-BRAVO»ning ijtimoiy masʼuliyatli işlab çiqaruvçi sifatidagi ijobiy imijini şakllantirişga ham yordam beradi.
Öxşaş loyihalar