Silkavia
Oʻzbekistondagi birinchi mintaqaviy aviakompaniya hisoblanadi. Kompaniya 2021-yil 6-iyulda tashkil topgan boʻlib, "Uzbekistan Airports" AJ shoʻba korxonasi hisoblanadi. Silkavia floti fransuz-italyan ATR 72-600 samolyotlaridan iborat boʻladi.
"Hududiy aviakompaniyaning tashkil etilishi Oʻzbekistonda ishbilarmonlik faolligini ragʻbatlantirish va ichki turizmni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishda muhim ahamiyatga ega. Bu, oʻz navbatida, aholining aviatsion harakatchanligi koeffitsentining oshishiga ta'sir qiladi (har bir fuqaroga toʻgʻri keladigan oʻrtacha parvozlar soni)."

Bizning jamoamiz brendning butun vizual identifikatsiyani ishlab chiqdi — logotipdan tortib livreya va xodimlar formasigacha.

Logotip Silkavia kompaniyasining asosiy maqsadi – Oʻzbekiston shaharlarini bir-biri bilan bogʻlashini bevosita aks ettiradi. Logoda "i" harflarini yuqoridan va pastdan bogʻlaydigan yoylar parvozlarning uzluksiz yoʻnalishlarini anglatadi. Ular birgalikda logotip atrofida barchaga tanish boʻlgan aviatsiyaning timsoli —illyuminator derazasini hosil qiladi.

Silkavia yozuvi noldan yaratilgan va noyobdir.

Livreya dizayni ishlab chiqarish jarayoni
Livreya uchun ilhom manbai xon-atlas matosi boʻldi. Oʻzbek hunarmandchiligining taniqli timsollaridan biri, YUNESKOning nomoddiy madaniy merosini saqlash boʻyicha ilgʻor tajribalar reyestriga kiritilgan xon-atlas tasviri Silkavia nomini juda aniq tasvirlaydi. Zero, Silkavia butun Oʻzbekiston boʻylab ipakdek mayin parvozlarni taklif etib, asosiy e'tiborini iste'molchilarning qulayligiga qaratgan.

Yaqindan koʻrib chiqilganda, matoning naqshlari harakatga ishora qiladi. Shamolda hilpillab turgan mato effekti livreya dizayniga maksimal dinamizm bergan. Xon-atlas matosi samolyotning oʻrtasidan dumining oxirigacha oʻtgan.

Livreya dizaynini ishlab chiqish jarayonida butun bortni qamrab olgan keng koʻlamli naqshdan tortib, faqat samolyotning dumidagi ixcham kompozitsiyaga qadar koʻplab variantlarni sinab koʻrdik.

Dizayn-tizim
Ranglar, piktogrammalar, tipografika, modul toʻri.
Butun vizual identifikatsiya yaxlit dizayn tizimiga asoslangan. Ranglar palitrasi asosiy qizil va toʻq qizil ranglardan iborat boʻlib, ular lola guli va anorni ifodalaydi. Xon-atlas naqshining qolgan ranglari firmaviy palitrada qoʻshimcha ranglar sifatida belgilangan.

Piktogrammalar shakllari logo dizaynini aks ettirib, tekis chiziqlarni yumshoq egri chiziqlar bilan uygʻunlashtiradi.
Firmaviy tipografikada yopiq grotesk tuzilishiga ega shriftdan foydalanilgan. Shrift har qanday miqyosda va qalinlik uslubida yaxshi oʻqiladi.
Brend vositalarida logotipdagi illuminatorni vizual ravishda rivojlantirib, samolyotning yon tomonini eslatuvchi naqsh ishlab chiqilgan, shuningdek, turli maketlar uchun konteynerlar shakli illyuminatorning konturining tuzilishiga asoslanib yaratilgan.

Sayt
Chiptalarni oson va tez buyurtma qilish uchun qulay veb-sayt yaratildi. Chiptalarni buyurtma qilishda foydalanuvchi uchun soddalashtirilgan navigatsiya va kamroq bosqichlarni bosib oʻtish kabi mezonlar ustuvor vazifa sifatida belgilangan edi.

Silkavia — birinchi hududiy aviakompaniyasi bilan sizga ipakdek mayin parvozlar tilaymiz.

Для новых запросов
пишите нам или звоните
на +998 99 808-39-99
Подписывайтесь:
Facebook
Instagram
© 2017-2022. Брендинговое агентство MA'NO Branding