So'm belgisi
Ushbu sahifada bizning so'm ramzini ishlab chiqish uchun tanlov variantlarimiz mavjud

So'm ramzini ishlab chiqish uchun tanlov
2022-yil 8-fevral kuni O'zbekiston Markaziy banki O'zbekiston milliy valyutasi uchun ramz yaratish bo'yicha tanlov e'lon qildi.

G'oyaga ko'ra, yangi ramz O'zbekiston so'mini jahon jamoatchiligi orasida e'tirof etish va "moliya bozorlarida xalqaro nufuzni oshirish"ni ta'minlaydi.

Ammo hammasi bir qarashda ko'ringanidek oddiy emas. Biz, agentlik sifatida, bu masala bilan 2018-yildan buyon shug'ullanamiz.

Ish jarayonida loyihaga shrift dizaynerlari, dizayn sohasi mutaxassislari va ijodkorlar jalb qilindi. Yuriy Gordon, Mariya Doreuli, Erken Kagarov va Denis Yeliseyev o'zlarining ekspert fikrlari bilan o'rtoqlashdilar.

Ushbu sahifada biz mazkur loyiha haqida kerakli ma'lumotlar, eski va yangi ishlanmalarimiz, shuningdek, ushbu ramz haqidagi fikrlarimizni baham ko'ramiz.
Ishlab chiqilgan konsepsiyalar bilan tezda tanishish uchun havoladan o'ting.
So'm ramzini ishlab chiqish
uchun tanlov

Yangi ramz yaratish uchun sabablar
Iqtisodiyotni liberallashtirish, erkin konvertatsiyaning ochilishi va yangi hukumatning O'zbekistonni iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha katta rejalari mamlakatimizni jahon arenasining yangi bosqichiga olib chiqmoqda.
Jahon hamjamiyatiga iqtisodiy integratsiya bilan birga, vizual madaniyatni o'z vaqtida qo'llab-quvvatlash va jahon standartlariga moslashtirish kerak. Milliy valyutaning belgisini qabul qilish mamlakat vizual madaniyatini o'zgartirish yo'lidagi asosiy qadamlaridan biri bo'lishi mumkin.
So'm ramzining paydo bo'lishi bilan O'zbekiston jahon iqtisodiyotining bir qismi bo'lgan, iqtisodiy jihatdan erkin va ochiq bo'lgan kam sonli mamlakatlar qatoriga qo'shiladi. Bu mamlakatning yangi qiyofasini mustahkamlashga qaratilgan, uning imiji bilan bog'liq harakatdir.
Yangi ramz yaratish
uchun sabablar

Tadqiqotlar
Tadqiqotlar
Maqsadlar:
Jamoamiz bu vazifaga o'ta mas'uliyat bilan yondashib, uning ustida to'laqonli loyiha sifatida ishladi. Jarayon ushbu sohada tadqiqot va ma'lumotlarni yig'ishdan boshlandi. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi muammoning mohiyatini anglash va loyihalashtirish uchun aniq mezonlarini shakllantirish edi.

Milliy valyuta (so'm) ramzi bilan bog'liq hozirgi holat.
Avvalo, valyuta ramzi bo'yicha mavjud vaziyat tahlil qilindi.
Narxlar va milliy valyutani belgilashning bir qancha variantlari mavjud:
  1. Valyuta belgilanmagan narx (bozorda: narxlari kichik o'zgaruvchan mahsulotlar va qimmatbaho tovarlar bo'yicha);
  2. Narxlarni ko'rsatmasdan (bozorda: import bilan bog'langan mahsulotlar bo'yicha, narxlar tez-tez o'zgarib turadi);
  3. Milliy valyutani belgilagan holda, «so'm» deb qisqartirilgan narx (onlayn platformalarda, supermarket va do'konlarda).
  4. UZS belgisi «O'zbekiston so'mi»ning xalqaro qisqartmasi hisoblanadi. Rasmiy hujjatlar bilan bir qatorda banklar, ayirboshlash shaxobchalari va mehmonxonalarda qo'llaniladi.
Kirill alifbosidan lotin alifbosiga o'tishning cho'zilib ketgani, narxlarni belgilashda raqamlar soni, milliy valyutaning beqarorligi va yaqin vaqtgacha konvertatsiya qilinmagani hisobga olinsa, mamlakatimizda narxlarni belgilashning bo'yicha yagona tizimi mavjud emas.

Dunyo valyutalari ramzlari
Unicode global standartiga (yozma tillarning ramzlari va belgilarini kodlash standarti) muvofiq, hozirgi vaqtda taxminan o'ttizdan ortiq jahon valyutalarigina rasmiy ravishda ro'yxatdan o'tgan grafik belgilarga ega.

Ular orasida, masalan, yevro amalga kiritilgandan keyin foydalanilmay qo'yilgan eski italyan lirasi (£), nemis markasi (ℳ), fransuz frankining (₣) belgilari ham bor.
؋ – Afg'oniy (Afg'oniston);
฿ – Baxt (Tayland);
฿ – Bitkoin;
¢ – Sent;
₡ – Kolon (Kosta-Rika va Salvador;
₵ – Sedi (Gana);
$ – Dollar (AQSh);
₫ – Dong (Vyetnam);
ʡ – Dram (Armaniston);
€ – Yevro;
ƒ – Florin (turli Yevropa mamlakatlarining tangalari);
₲ – Guarani (Paragvay);
₾ – Lari (Gruziya)
₴ – Grivna (Ukraina)
₭ – Kip (Laos);
₾– Lira (Turkiya);
₼ – Manat (Ozarbayjon);
₥ – Mil (1/10 ¢);
₦ – Nayra (Nigeriya);
₱ – Peso (Filipin);
£ – Funt (Buyuk Britaniya);
– Rial (Eron, Ummon, Yaman, Saudiya Arabistoni, Qatar);
៛ – Riyel (Kambojiya);
ރ – Rufiya (Maldiv);
₽ – Rubl (Rossiya)
₨ – Rupiy (Hindiston, Shri-lanka, Pokiston, Nepal, Seyshel, Mavrikiya)
௹ – Rupiy (Hindiston, Shri-Lanka);
₹ – Rupiy (Hindiston);
৲ yoki ৳ – Taka (Bangladesh);
૱ – Rupiy (Gujarat);
₪ – Shekel (Isroil);
₸ – Tenge (Qozog'iston);
₮ – Tugrik (Mo'g'uliston);
₩ – Von (Janubiy Koreya);
¥ – Yena (Yaponiya).

Ishlatilmaydigan belgilar:
₳ – Austral;
₠ – ECU;
₢ – Kruzeyro;
₯ – Draxma
₣ – Frank;
₤ – Lira;
₶ – Turkiya Lirasi;
ℳ – Marka
₧ – Peseta
₰ – Pfening
₷ – Spesmilo
Dunyo valyutalari ramzlari
wiktionary.org
World Currency Symbols

Unicode global standartiga (yozma tillarning ramzlari va belgilarini kodlash standarti) muvofiq, hozirgi vaqtda taxminan o'ttizdan ortiq jahon valyutalarigina rasmiy ravishda ro'yxatdan o'tgan grafik belgilarga ega.

Ular orasida, masalan, yevro amalga kiritilgandan keyin foydalanilmay qo'yilgan eski italyan lirasi (£), nemis markasi (ℳ), fransuz frankining (₣) belgilari ham bor.

؋ – Afg'oniy (Afg'oniston);;
฿ – Baxt (Tayland);
฿ – Bitkoin;
¢ – Sent;
₡ – Kolon (Kosta-Rika va Salvador;
₵ – Sedi (Gana);
$ – Dollar (AQSh);
₫ – Dong (Vyetnam);
ʡ – Dram (Armaniston);
€ – Yevro;
ƒ – Florin (turli Yevropa mamlakatlarining tangalari);
₲ – Guarani (Paragvay);
₾ – Lari (Gruziya)
₴ – Grivna (Ukraina)
₭ – Kip (Laos);
₾– Lira (Turkiya);
₼ – Manat (Ozarbayjon);
₥ – Mil (1/10 ¢);
₦ – Nayra (Nigeriya);
₱ – Peso (Filipin);
£ – Funt (Buyuk Britaniya);
– Rial (Eron, Ummon, Yaman, Saudiya Arabistoni, Qatar);
៛ – Riyel (Kambojiya);
ރ – Rufiya (Maldiv);
₽ – Rubl (Rossiya)
₨ – Rupiy (Hindiston, Shri-lanka, Pokiston, Nepal, Seyshel, Mavrikiya)
௹ – Rupiy (Hindiston, Shri-Lanka);
₹ – Rupiy (Hindiston);
৲ yoki ৳ – Taka (Bangladesh);
૱ – Rupiy (Gujarat);
₪ – Shekel (Isroil);
₸ – Tenge (Qozog'iston);
₮ – Tugrik (Mo'g'uliston);
₩ – Von (Janubiy Koreya);
¥ – Yena (Yaponiya).

Ishlatilmaydigan belgilar:
₳ – Austral;
₠ – ECU;
₢ – Kruzeyro;
₯ – Draxma
₣ – Frank;
₤ – Lira;
₶ – Turkiya lirasi;
ℳ – Marka
₧ – Peseta
₰ – Pfening
₷ – Spesmilo
£ ¥ $ €
Ikki chiziq ko'plab valyuta belgilarida uchraydi. U o'tmishdagi Yevropalik yozishmachilarning shu tariqa qisqartmalarni anglatish odatiga borib taqaladi. Gorizontal yoki vertikal chiziq tortilgan harfni, masalan, ism-sharifning bosh harfi bilan adashtirib bo'lmaydi.
(A. Lebedev. Kovodstvo. 116-§. Znak rublya. 2005 yil)

Yosh valyuta belgilarining qisqacha tarixi:
grivna, tenge, rupiya, som va rubl
Bu belgilar 2000-yillar boshida qabul qilindi.
O'z variantlarimizni ishlab chiqishda biz mazkur valyutalarni qabul qilinish tajribasi va ularni yaratishda ishlatilgan mantiqni ham inobatga olganmiz.

Belgilarning birinchi guruhi shunga o'xshash tanlovlarda qabul qilingan va amalga oshirish uchun taxminan bir xil yo'ldan o'tgan.
Biroq biz langar sifatida - dizaynerlarning professional hamjamiyatidan o'tgan Rubl belgisini yaratish tarixini oldik.

Belgining rasmiy qabul qilinishidan oldin, u Rossiyada juda ko'p sonli tadbirkorlar va dizaynerlar tomonidan ishlatilgan.
Yosh valyuta belgilarining qisqacha tarixi:
grivna, tenge, rupiya, som va rubl
Bu belgilar 2000-yillar boshida qabul qilindi. O'z variantlarimizni ishlab chiqishda biz mazkur valyutalarni qabul qilinish tajribasi va ularni yaratishda ishlatilgan mantiqni ham inobatga olganmiz.

Belgilarning birinchi guruhi shunga o'xshash tanlovlarda qabul qilingan va amalga oshirish uchun taxminan bir xil yo'ldan o'tgan.

Biroq biz langar sifatida - dizaynerlarning professional hamjamiyatidan o'tgan Rubl belgisini yaratish tarixini oldik.

Belgining rasmiy qabul qilinishidan oldin, u Rossiyada juda ko'p sonli tadbirkorlar va dizaynerlar tomonidan ishlatilgan.
Ukraina grivnasi
Bu belgi Ukraina Grivnasi ramzi sifatida 2004-yil 1-martda taqdim etildi.

Ramzning dizayni 2003-yilda Ukraina Milliy banki tomonidan o'tkazilgan tanlovda tanlab olingan. Belgi 2005-yilda e'lon qilingan Yunikodning 4.1 versiyasi standartiga kiritilgan.

MB talablari va tanlov mezonlari
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan "so'm" milliy valyutasi ramzini ishlab chiqish bo'yicha tanlov qoidalari
Tanlov qoidalarida Markaziy bank tomonidan tanlov mezonlari va tanlov ishlariga qo'yiladigan talablar ko'rsatilgan.

Biz o'zimiz uchun e'tibor qaratadigan asosiy bandlarni ajratib oldik:
  • so'mning ramzi qisqa, o'ziga xos (noyob), oddiy, universal bo'lishi kerak, hatto o'lcham o'zgarganda va oq-qora rangda ifodalanganda ham ko'rinishini saqlab turishi kerak;
  • so'm ramzining konsepsiyasi uning mazmuni va g'oyasi muallif tomonidan talqin etilishini o'zida mujassamlashtirishi lozim (ishlab chiqilgan elementlarning g'oyasi, ta'rifi, maqsadi);
  • so'm ramzi — noyob va o'ziga xos jihatlarga ega bo'lishi kerak;
  • konsepsiyada turli formatdagi ramzni grafik idrok etish qulayligini hisobga olish kerak.
Biroq bu to'liq loyihalashtirish uchun yetarli emasligini tushunish kerak. Ko'rinib turibdiki, tanlov shrift va grafika dizaynerlari bilan maslahatlashmasdan o'tkazilmoqda. Mezonlar aniq emas. Ularni turlicha talqin qilish mumkin. Quyida biz o'zimiz uchun qo'shimcha bandlarni belgilab oldik.

Xulosa va fikrlar aniqlanib, ular asosida konsepsiyalarimiz ishlab chiqildi.
MB talablari va tanlov mezonlari
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan "so'm" milliy valyutasiramzini
ishlab chiqish bo'yicha tanlov qoidalari

Tanlov qoidalarida Markaziy bank tomonidan tanlov mezonlari va tanlov ishlariga qo'yiladigan talablar ko'rsatilgan.

Biz o'zimiz uchun e'tibor qaratadigan asosiy bandlarni ajratib oldik:
  • so'mning ramzi qisqa, o'ziga xos (noyob), oddiy, universal bo'lishi kerak, hatto o'lcham o'zgarganda va oq-qora rangda ifodalanganda ham ko'rinishini saqlab turishi kerak;
  • so'm ramzining konsepsiyasi uning mazmuni va g'oyasi muallif tomonidan talqin etilishini o'zida mujassamlashtirishi lozim (ishlab chiqilgan elementlarning g'oyasi, ta'rifi, maqsadi);
  • so'm ramzi — noyob va o'ziga xos jihatlarga ega bo'lishi kerak;
  • konsepsiyada turli formatdagi ramzni grafik idrok etish qulayligini hisobga olish kerak.
Biroq bu to'liq loyihalashtirish uchun yetarli emasligini tushunish kerak. Ko'rinib turibdiki, tanlov shrift va grafika dizaynerlari bilan maslahatlashmasdan o'tkazilmoqda. Mezonlar aniq emas. Ularni turlicha talqin qilish mumkin. Quyida biz o'zimiz uchun qo'shimcha bandlarni belgilab oldik.

Xulosa va fikrlar aniqlanib, ular asosida konsepsiyalarimiz ishlab chiqildi.

Valyuta belgisi nima uchun kerak?
Belgini ishlab chiqishda biz MDHdagi, xususan, Rossiyadagi hamkasblarimizning tajribasini inobatga oldik.

2007-yilda tashabbuskor guruh tomonidan ishlab chiqilgan, rubl belgisiga qo'yiladigan texnik talablar bizning ishlanmamiz uchun asos bo'lib xizmat qildi.

Ushbu tashabbuskor guruh juda katta tajribaga ega professionallardan tashkil topgan edi. Bunday tajriba, afsuski, O'zbekistonda yo'q.

Letterhead studiyasining ta'sischilaridan biri, shrift dizayneri, illyustrator va "Книги про буквы oт Aa до Яя" kitoblari muallifi Yuriy Gordon o'zining "Rubl belgisi" maqolasida shunday yozadi. Tahlil qilishga urinish:
"Valyuta belgisi vizual kommunikatsiyani soddalashtirish, joy va vaqtni tejash uchun kerak.

Rubl belgisini qabul qilish uchun sabablar:
  1. ichki kommunikatsiyalarni soddalashtirish;
  2. vizual madaniyatning jahon standartlariga o'tish.
Ramzdan ko'zlangan asosiy maqsad – texnik xarakterga ega.

Mamlakatning yangi belgisini emas, balki belgilar to'plamini, harfni ishlab chiqish lozim. Biroq ramzning milliy kelib chiqishini ham unutmaslik kerak. U mamlakatning o'zligini vizual ifodalash elementlaridan biri bo'lib qolishi kerak.

Belgiga qo'yiladigan yagona shubhasiz talab – foydalanishda qulaylik, esda qolish, ifodalash.

Belgining estetik sifati, bir tomondan, rasmiy qulaylik natijasi sifatida, boshqa tomondan, original grafemani muayyan shriftga aylantiradigan shrift dizaynerlarining mehnati natijasida paydo bo'lishi kerak..."

Belgi uchun texnik talablar
O'rganilgan tajribaga asoslanib, Markaziy bank talablariga qo'shimcha ravishda, biz o'z ishlanmamizda so'mning yangi ramzini ishlab chiqish bo'yicha quyidagi mezonlarga amal qilamiz:
  • Grafikaning soddaligi.
  • Asosiy, birinchi navbatda, kirill va lotin yozuvlaridagi shrift tizimlarida qabul qilingan boshqa yozuv belgilaridan farq qilishi.
  • Bir qismdan iboratligi. Bir grafemadan tashkil topgan belgi tezroq o'qiladi va odatda matnda kamroq joy egallaydi. Bir qismli, ligaturasizi belgi jadvallarga oson joylashadi. Bu esa juda muhim.
  • Qo'l bilan yozishning qulayligi (shu bilan bir qatorda, eng tez va eng ishonchli tarzda xotirada qolishi).
  • Shriftlarga bog'lanib qolmaslik. Muayyan bir shriftning belgisi emas, balki ramz, grafema muomalaga kiritilayotganini anglab yetish kerak. Belgini har qanday shriftga qo'shish uchun uni transformatsiya qilish imkoniyati bo'lishi shart.
    • Bir tekis zichlik. Shtrixlar haddan tashqari ko'p zonalar, juda mayda, ortiqcha shtrixlarning yo'qligi. Ushbu xususiyatlar mayda keglda (o'lchamda) ishlaganda hal qiluvchi ahamiyatni kasb etadi. Belgi to'rtinchi o'lchamdagi keglda ko'rinmay qolmasligini oldini olish lozim.
    • Kengligi eng katta o'lchamdagi raqam (0)dan katta bo'lmasligi. Muhim xususiyat: shrift to'plamlarida valyuta belgilari jadvalda qo'llash qulay bo'lishi uchun raqamlar kengligida beriladi.
    • Esda saqlab qolish va tanib olishga yordam beradigan, me'yor darajasidagi "o'ziga xos fishka"ning, yengil farqning bo'lishi.
    • O'zbek madaniyatining vakiliga ham, lotin alifbosi bilan tanish bo'lgan chet ellikka ham oson tushunarli bo'lishi.

    ... Men, shuningdek, grotesklarda valyuta naqshining qalin, kontrasti kam bo'lgan (black) uslubda va tor qalin uslubda qanday o'zgarishiga alohida e'tibor qaratgan bo'lardim (bu biroz ahamiyatsiz, ammo buni amalda qo'llagan bo'lardim). Qalin jadvalli valyutalarni chizish har doim shriftni loyihalash jarayonining eng qiyin qismi sanaladi - qalin shriftlarda ingichka chiziqlar uchun juda kam joy bo'ladi.
    Mariya Doreuli, Contrast Foundry asoschisi va ijodiy direktori

    Jarayon
    Jarayon
    Qanday chizish lozim?
    Yuqorida sanab o'tilgan talablardan kelib chiqsak, so'm belgisini "S" harfi asosida ishlab chiqish lozimligi aniq-ravshan bo'ladi. Bu esa mamlakatning o'zbek tilida so'zlashuvchi fuqarolari uchun ham (bu yerda bizga o'zbek yozuvining lotin alifbosiga o'tkazilayotgani yordam beradi) va turistlar uchun ham tushunarli.

    Biroq "S"ning ikkita asosiy kamchiliklari bor:
    1. Eng yaxshi yechim allaqachon dollar tomonidan qabul qilingan.
    2. Grafema shaklining o'zi juda qiyshiq bo'lib, undan yangi belgilar hosil qilishda, turli shriftlarga integratsiyalashuvida ko'plab qiyinchiliklar tug'diradi.

    S harfi bilan ishlashga urinishlar bo'ldi.

    Birinchi kirish
    Manbalar:
    D. Karabayeva Yozuv Daftari. -T., 2017;
    F. Hamidova Husnixat. Alifbega ilova. -T., 2017.
    Eng aniq yechim o'zbek yozuvining xususiyatlari bilan bog'lashdir.

    O'zbekiston hali lotin alifbosiga to'liq o'tgani yo'q.
    Lotin alifbosi (so'm) bilan bir qatorda kirill alifbosi (сўм) faol ravishda mavjud.
    Biroq lotin tilidagi "so'm" so'zining qo'lda yozishdan sezilarli darajada farq qiladi. Buning sababi yozuvdagi diakritik harflar va ularning bosma terishda ikki bo'g'inli belgilar bilan almashtirilishi:

    Lotin va kirill alifbolarini birlashtirib, kichik "s" harfini ustidagi elementi bilan chizdik. Bu grafik jihatdan sof va tushunarlidir.

    Bu eng oddiy yechim — ya'ni "S"ga "qalpoqcha" qo'shilishi. Ushbu variantda ham konsepsiya ham joriy qilish uchun oson yechim mavjud.

    Ammo bu yechimning turli kamchiliklari bor:
    1. Mavjud valyuta belgilari bilan vizual aloqa yo'q;
    2. Ko'pgina valyuta belgilari kabi bosh harf o'rniga kichik harfdan foydalanish;
    3. Qo'lda yozganda o'zgaruvchanligi. Balki lotin yozuvi asosida o'zbek yozuvini o'rganganlar qo'lda yozishda elementni tildaga (~) o'zgartirar.

    Konsepsiyalarni tanlash
    Xuddi shu tarzda jamoamiz ishlab chiqqan barcha variantlar tahlil qilindi.

    Ijobiy va salbiy jihatlarni tahlil qilish juda ko'p konsepsiyalar orasida eng yaxshi yechimlarni ajratib olishga imkon berdi.

    Yuriy Gordonning sharhlari
    Maslahat uchun bizning jamoamiz yetakchi rus dizaynerlardan biri, shriftlar haqidagi kitoblar muallifi va Letterhead shriftlar dizayn studiyasining asoschisi — Yuriy Gordonga murojaat qildi.

    Yuriy Gordon variantlarning har biri bo'yicha o'z sharhlari bilan o'rtoqlashdi, bunga asoslanib, eng yaxshi variant — markazida ikkita gorizontal chiziqli (6-raqamli) S bo'ladi, degan xulosaga kelindi.

    Qolganlari mos kelmaydi, chunki ular boshqa harflar bilan bir-biriga o'xshash yoki ilgari belgilangan aksariyat talablarga javob bermaydi.
    Yuriy Gordonning
    sharhlari

    Mariya Doreuli sharhlari
    Contrast Foundry shrift studiyasi va shrift ustaxonasining asoschisi, ijodiy direktori — Mariya Doreuli o'z sharhlari bilan o'rtoqlashdi.

    Mariya har bir variantni sharhlab, 7-raqamli belgiga qaror qildi.

    Eng istiqbolli variant o'rtasida bir chiziqli S harfi edi.

    Mariya Doreuli

    Muqobil variantlar
    S harfi bilan versiyalarni ishlab chiqqandan so'ng, jamoamiz ligaturali (Yuriy maslahati bilan) va harflarning turli kombinatsiyalari bilan variantlarni ishlab chiqdi. Biroq Sning murakkab dizayni tufayli — bu konseptsiya uchun variantlar tanlanmagan. Ularni qalin uslubda jadval to'plamiga birlashtirish imkonsiz bo'lib chiqdi.

    Quyida dizayner Tamara Arkatovaning "US" (Uzbekistan sum) ligaturasining varianti keltirilgan.

    Ish natijasida uchta konsepsiya paydo bo'ldi. Ulardan ikkitasi S asosida tuzilgan, uchinchisi esa muqobildir.

    Variant 1
    Variant 1
    Konsepsiya
    Birinchi variant — bu jahon valyutalari ramzlarining barcha qoidalariga muvofiq qurilgan belgi: S bosh harf bo'lib, o'rtada gorizontal shtrix bilan chizilgan. Oddiy, lekin ayni paytda original belgi.

    Estetik komponentning ta'sirini susaytirish uchun grafemaning eskizi qo'lbola uslubida chizildi.

    Belgini har qanday shriftlarga osongina kiritish mumkin.

    Hayotda foydalanish
    Hayotda foydalanish
    Texnik talablarga muvofiqligi
    Ijobiy jihatlari:
    1. Grafikaning soddaligi;
    2. S grafemasining asosi;
    3. Shrift mustaqilligi. Belgi har qanday shriftga bemalol kiritiladi;
    4. Belgini kesib o'tgan chiziq tufayli valyutalarning belgilari bilan vizual aloqa mavjud;
    5. Qo'lda yozishning qulayligi.

    Kamchiliklari:
    1. Enii 0 belgisidan kengroq. Klassik Sni toraytirish va ishlatmaslik kerak.
    2. Yuqori zichlik va kesishish nuqtalarida to'q joylarning paydo bo'lishi. Gorizontal chiziq bilan kesishish nuqtalaridagi toraytirish orqali hal qilinadi.
    3. Qo'l yozuvida ko'rinishing o'zgarishi. Belgini f harfi bilan adashtirish mumkin.
    4. Shunga o'xshash belgilar mavjud (S qiyshiq chiziqli va s tilda bilan). Egri chiziqli S endi hech bir tilda ishlatilmaydi.

    Variant 2
    Variant 2
    Konsepsiya
    Ikkinchi variant — bu jahon valyutasi belgilarining barcha qoidalariga muvofiq qurilgan belgi: o'rtada gorizontal chiziqlar bilan chizilgan bosh harfli S.

    Estetik komponentning ta'sirini susaytirish uchun grafemaning eskizi qo'lbola uslubida chizildi.
    Konsepsiya
    Ikkinchi variant — bu jahon valyutasi belgilarining barcha qoidalariga muvofiq qurilgan belgi: o'rtada gorizontal chiziqlar bilan chizilgan bosh harfli S.

    Estetik komponentning ta'sirini susaytirish uchun grafemaning eskizi qo'lbola uslubida chizildi.
    Belgini har qanday shriftlarga oson kiritish mumkin.
    Belgini har qanday shriftlarga oson kiritish mumkin.
    Hayotda foydalanish
    Hayotda foydalanish
    Texnik talablarga muvofiqligi
    Texnik talablarga muvofiqligi
    Ijobiy jihatlari:
    1. Grafikaning soddaligi;
    2. S grafemasining asosi;
    3. Shrift mustaqilligi. Belgi har qanday shriftga bemalol kiritiladi;
    4. Belgini kesib o'tgan chiziqlar tufayli valyutalarning belgilari bilan vizual aloqa mavjud;
    5. Yozishning qulayligi.

    1. Asosiy kamchilik — Ukraina Grivnasi bilan o'xshashlik.
    2. Eni 0 sonidan kengroq. Klassik Sni toraytirish va ishlatmaslik kerak.
    3. Yuqori zichlik va kesishish nuqtalarida to'q joylarning paydo bo'lishi. Gorizontal chiziq bilan kesishish nuqtalarida toraytirish orqali hal qilinadi.

    "... bu variantni ishlatmaslik uzoq muddatda xatodir. Keyin dadilroq kimdir ishlatsa, tirsagingizni tishlaysiz"
    deya Yuriy Gordon ushbu variantni sharhladi. Shuning uchun uni arizada qoldirishga qaror qildik.

    Variant 3
    Variant 3
    Konsepsiya
    Oldingi variantlar S harfining shakliga asoslangan bo'lib, ularning har biri o'zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Biroq, kontseptual jihatdan, bu faqat amaliy xususiyatga ega bo'lgan va so'mning birinchi harfini ko'rsatadigan valyuta belgilaridir.

    Uchinchi variant ko'proq metaforik yondashuvni taklif qiladi.

    Ushbu variant uchun davlat bayrog'i va gerb shakllari asos qilib olindi: shakllar bir-birining ustiga qo'yilganda yangi ramz kelib chiqdi. Shriftlarga birlashtirilganda, natijada ikkita chiziqli U belgisi paydo bo'ldi.

    Yangi yondashuvda UZ ligaturasidan boshlandi. Bundan tashqari, ikkita harf bir-birining ustiga qo'yilganda, oxir-oqibat ajoyib belgini tashkil etgan.
    Texnik talablarni inobatga olgan holda, Zdagi qiyalik chiqarib tashlandi va xuddi shu belgi — "U"ga ikkita kesma chiziq qo'shildi.

    Uchinchi belgi sodda, tushunarli, valyuta belgilariga ega va O'zbekistonga tegishli. U har qanday mumkin bo'lgan shriftlarga muammosiz kiritiladi.
    Uchinchi belgi sodda, tushunarli, valyuta belgilariga ega va O'zbekistonga tegishli. U har qanday mumkin bo'lgan shriftlarga muammosiz kiritiladi.
    Hayotda foydalanish
    Hayotda foydalanish
    Texnik talablarga muvofiqligi
    Texnik talablarga muvofiqligi
    Ijobiy jihatlari:
    1. Grafikaning soddaligi;
    2. Boshqa belgilardan farqi;
    3. Shrift mustaqilligi. Belgi har qanday shriftga birlashtirilgan;
    4. Valyuta belgilari bilan vizual yaqinlik;
    5. Yozishning qulayligi;
    6. Yagona kompozitsiya;
    7. Qo'lda yozish oson;
    8. Kuchli g'oya.

    1. Intuitivlikning yo'qligi. Ushbu belgida yevro, yenа, grivna va rublda bo'lgani kabi, valyuta nomining birinchi harfi ko'rsatilmagan.

      Biroq dollar va funt sterligda ham valyuta nomining birinchi harflari bilan ko'rsatilmagan.

      Ushbu to'siqni bartaraf etish uchun ommaviy foydalanish kerak va bir muncha vaqt o'tgach, belgi eslab qolinib keyingi barcha savollarni istisno qiladi.

    Barcha variantlar
    Barcha variantlar
    Jamoamiz bir ovozdan uchinchi variantni afzal ko'radi, chunki u oddiy, ammo o'ziga xosdir.

    Keyingi qadamlar
    Keyingi qadamlar
    1
    Konseptsiyani tanlash va grafemani takomillashtirish.
    Kontseptsiya va tanlov g'olibini tanlash. Ommabop shriftlarga kiritishni hisobga olgan holda grafemani takomillashtirish.
    2
    Qonun hujjatlarini tasdiqlash.
    Belgini rasmiy qabul qilish va qonunchilik darajasida tasdiqlash.
    3
    Ommaviy foydalanish.
    Belgidan imkoni boricha barcha kanallarda foydalanish.
    4
    Yunikodda kodni olish.
    Yunikod konsorsiumiga ariza topshirish va Yunikod tizimida kod olish.
    Jamoamiz loyihaning barcha keyingi bosqichlarida yordam berishga va maslahat berishga tayyor.

    Loyiha jamoasi:
    Elina Ibragimova, Temur Sa'diy, Zokir Xalmatov, Adelya Uzyakova, Mansur Nabiev, Murat Risbikov, Anastasiya Kim, Tamara Arkatova, Alina Vagapova, Muxtarambonu Xanbabaeva, Alyona Matyushina, Stepan Litvinov.

    Maslahatchilar:
    Mariya Doreuli, Yuriy Gordon, Erken Kagarov, Denis Yeliseev.

    Ushbu sahifani ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring: