+998 99 808 39 99

office@manobranding.uz

Узбекистан, Ташкент, улица Тараса Шевченко, 21, БЦ Shevchenko Plaza

MA’NO
brending agentligi

Biz maʼnolar bilan işlaymiz: biznesning mohiyatini topamiz, uni aniq ifodalaymiz va odamlarga yetkazişga yordam beramiz
Agentligimiz brendlarning ösişi va rivojlanişiga xizmat qiladigan hamma narsani işlab çiqadi: keng qamrovli tahliliy tadqiqotlar va brend platformasidan tortib vizual identifikatsiya, nom yaratiş, dizayn va kommunikatsiya tizimigaça.

Biz ajralib turadigan, odamlarni ilhomlantiradigan va biznesni oldinga olib boradigan brendlar yaratamiz.
Loyihalarimiz
Mukofotlar
Işimiz darajasini köplab xalqaro mukofotlar tasdiqlaydi
Özbekiston, Markaziy Osiyo, MDH, Yevropa va Janubi-Şarqiy Osiyo festivallarida olgan mukofotlarimiz işimiz xalqaro darajada ekanini körsatadi. Loyihalarimiz brending böyiça yetakçi naşrlarning trend-hisobotlariga muntazam kiritiladi.

Biz mukofot ketidan quvmaymiz. Ular har bir loyihada saqlaydigan darajamizni körsatadi: çuqur tadqiqot, kuçli ğoya va aniq ijro.

Tanlovlar hakamlar hayʼatida iştirok etişimiz va forumlardagi çiqişlarimiz tajribamiz eʼtirofi bölişi bilan birga, sohani rivojlantirişga qöşayotgan hissamiz hamdir. Biz bilim ulaşamiz va mahalliy brendlarni global darajaga çiqişga ilhomlantiramiz. Agentlik boş direktori Temur Saʼdiy Özbekistondan birinçi bölib Cannes Lions 2024 va Dubai Lynx 2026 hakamlar hayʼatiga kirgan.
Xizmatlar
Bizning kuçimiz brendga
kompleks yondaşuvda
Agentligimiz çuqur tahlil, kreativ ğoyalar va brendni ilgari surişga zamonaviy yondaşuvni birlaştiradi. Har bir brend vazifasiga kompleks yondaşamiz, şuning uçun imkoniyatlarimiz va ekspertizamiz doirasi juda keng. Bu har bir loyiha uçun xizmatlar töplamini alohida tanlaş va hamkorlikni samarali qiliş imkonini beradi.
Brend strategiyasi va insaytlar
Tadqiqotlar, audit va insaytlar
Marketing strategiyasi
Brend strategiyasi
Platforma va pozitsiyalaş
Portfel strategiyasi
Brend arxitekturasi
Mijoz yöli xaritasi
Dizayn strategiyasi
Brend dizayni va tajriba
Neyming va verbal identifikatsiya
Logo va vizual identifikatsiya
Qadoq dizayni
Riteyl, makon va navigatsiya
Körgazma va tadbirlar dizayni
UX/UI dizayn
Tipografika va şrift dizayni
Motion-dizayn
Brendbuklar va brend portallari
Brend marketingi va kommunikatsiyalar
Kommunikatsiya strategiyasi
Kommunikatsiya platformasi
Brend hikoyalari va afsonalari
Reklama va integratsiyalaşgan kampaniyalar
Köp sahifali naşrlar
Brend filmlari
Brend taqdimotlari
Strategiyalarni joriy etiş va konsalting
Xodimlarni öqitiş
Mijozlarimiz
Katta özgarişlarning boşlanişi
siz öylagandan yaqinroq
Brendingizni rivojlantirişga professional nigoh kerak bölsa, bizga yozing. Sizning hamkoringiz bölişga va natija beradigan yeçimlar taklif qilişga tayyormiz.

+998 99 808 39 99
Telegramda yozing

office@manobranding.uz

Toşkent, Taras Şevçenko köçasi, 21, Shevchenko Plaza biznes markazi
10:00–19:00 / Du–Ju
Yandex xaritada oçiş

Tugmani bosib, şaxsiy maʼlumotlaringiz qayta işlanişiga rozilik bildirasiz va maxfiylik siyosatini qabul qilasiz.