+998 99 808 39 99

office@manobranding.uz

Узбекистан, Ташкент, улица Тараса Шевченко, 21, БЦ Shevchenko Plaza

Yangi imkoniyatlar kuçi: çegarasiz poçta aloqasi
«O'zbekiston Pochtasi» AJ 1991-yildan beri Özbekistonning milliy poçta aloqasi operatori hisoblanadi. Sönggi paytlarda «O'zbekiston Pochtasi» AJ faol rivojlanib, özgarib bordi. Içki jarayonlar takomillaştirildi, avtomobil parki yangilanmoqda, xizmat körsatiş samaradorligini oşiriş uçun dasturiy yeçimlar işlab çiqildi, yangi takliflar va xizmatlar yölga qöyildi. Kompaniya öz foydalanuvçilari uçun zamonaviyroq, harakatçanroq va qulayroq bölişga intildi.

Şu bois bizga keng kölamli rebrending, redizayn va brend kommunikatsiyalarining butun tizimini tavsiflab beriş böyiça kompleks vazifalar bilan murojaat qilişdi: mijozlar turğunlik yillari ortda qolganini, endi poçta xizmati oldinga harakatlanayotganini anglaşi kerak edi. Rebrending nafaqat kompaniya imijini yangilaşi, balki uning bozordagi rolini yangiça talqin qilişi, oğir va sust davlat operatoridan zamon talablariga javob berişga tayyor dinamik va döstona liderga aylanişini körsatişi kerak edi.
Loyihaning boş maqsadi brendni töliq qayta işga tuşirişga tayyorlaş edi: bunda maqsadli auditoriya ehtiyojlarini hisobga oliş va brendni qabul qilişdagi tösiqlarni bartaraf etiş zarur edi. Kompaniyani kuçli va işonçli bozor iştirokçisi sifatida pozitsiyalaş uçun uning qiyofasini qayta körib çiqiş talab etilardi.

Biz brend bilan boğliq har qanday özgarişlar ustidagi işni tadqiqotlardan boşlaşni doimo tavsiya qilamiz. Aynan ular kompaniya salohiyati, bozor imkoniyatlari va auditoriya ehtiyojlarini tuşuniş hamda ularni özaro boğlaşga yordam beradi.
«O'zbekiston Pochtasi» uçun ötkazilgan tadqiqotlar miqdoriy va sifat marketing tadqiqotlarini, kompaniyaning öz «brend salomatligi» auditini hamda sohaning töliq tahlilini (bozor, trendlar, raqobatçilar) öz içiga oldi. Brend nafaqat özgariş, balki öz taʼsir doirasini kengaytirişni ham reja qilgani uçun yetkazib beriş sohasi mamlakatdan taşqarida qanday körinişini, şuningdek faqat sodiq mijozlarni emas, balki butunlay turli guruhlarga mansub auditoriyani, jumladan yoş avlodlarni ham örganiş muhim edi. Bu uzoq davom etgan jarayon böldi, ammo u auditoriyaning asosiy segmentlarini, ularning tösiqlari va rağbatlantiruvçi omillarini, ösiş nuqtalarini hamda brend va biznesdagi özgarişlar röyxatini aniqlaşga yordam berdi. Şu xulosalarga tayanib, kompaniyaning boş ğoyasini şakllantirdik: Yangi imkoniyatlar kuçi. U poçta xizmati odamlarni bir-biriga yaqinlaştiriş va ularga öz maqsadlariga erişişda yordam beriş uçun yaratayotgan imkoniyatlar haqida hikoya qiladi. Bu öşa-öşa qadrdon poçta operatori: u insonlarga hurmat, hammaboplik va öz yurtiga muhabbat kabi asosiy qadriyatlariga sodiq, biroq endi zamonaviy imkoniyatlar kuçidan foydalanadi.
Yaxlit brend platformasini şakllantiriş kompaniyada taşqi özgarişlarni boşlaş imkonini berdi. Ularning birinçisi nomni özgartiriş, yaʼni reneyming böldi. Biz uzun va rasmiy «O'zbekiston Pochtasi» nomini qisqa Uzpost nomiga almaştirdik.
Yangi nom bir neça muammoni hal qildi: u kompaniyaning milliy mansubligini ortiqça urğusiz körsatadi, mahalliy va xalqaro tillarda osonroq öqiladi, brend tatbiqlarida qulayroq joylaşadi. Bundan taşqari, bu qadam kompaniyaning özgarişga bölgan intilişi naqadar jiddiy ekanini körsatdi.
Vizual identifikatsiya tizimini işlab çiqişdan oldin jahon poçta va yetkazib beriş xizmatlariga xos vizual standartlar va kodlarni örgandik hamda firma uslubini yaratişda ularni inobatga oldik: yangilangan kompaniya öz uslubini saqlab qolişi va öz nişasida tabiiy örin egallaşi kerak edi.
Rebrending doirasida kompaniyaning vizual identifikatsiyasini töliq yangiladik va Uzpost brendining yangi strategiyasi hamda pozitsiyalaşini aks ettiruvçi firma elementlari majmuasini yaratdik. Kompaniya logotipi tubdan özgardi: eskirgan va rasmiy ramzlar örniga tezlik, yengillik va kompaniyaning asosiy missiyasi, yaʼni odamlarni bir-biri bilan boğlaşni ramziy ifodalovçi poçta kaptari paydo böldi. Yangi brendning zamonaviyligi va qulayligini taʼkidlaş uçun tipografika ham qayta işlandi.
Öxşaş loyihalar