Developerlik va köçmas mulk biz muntazam işlaydigan yönalişlardan biri. Şuning uçun Toşkentdagi yangi developer brendini yaratiş vazifasiga alohida eʼtibor bilan yondaşdik. Oldimizda mahalliy bozorda trendlarni belgilaşga va xalqaro standartlarga javob berişga intilayotgan kompaniya uçun tölaqonli vizual va verbal identifikatsiya tizimini işlab çiqiş maqsadi turardi. Işni strategiyadan boşladik: brend konsepsiyasi va pozitsiyalaşni şakllantirdik. Keyin nom va şior, undan söng korporativ va kommunikatsion tatbiqlar uçun dizayn tizimini işlab çiqdik.
Pozitsiyalaş tayyor bölgaç, nom deyarli darhol paydo böldi. Tenet ingliz tilida «tamoyil» yoki «aqida», yaʼni tizim tayanadigan asosiy işonç degan maʼnoni bildiradi. Bu söz şubhasiz sifat standartlari va brendning qatʼiy pozitsiyasi ğoyasini aks ettiradi. Bundan taşqari, bu ikkala yönalişda ham bir xil öqiladigan palindrom. Biz bunda barqarorlik, muvozanat va arxitektura simmetriyasi metaforasini kördik.