Seysmik modernizm va Toşkentning madaniy merosidan ilhomlangan vizual identifikatsiya
2021-yilda bizni Özbekiston poytaxti Toşkentda ötkaziladigan Me’mor arxitektura tanlovining yangi vizual uslubini işlab çiqişga taklif qilişdi.
Vizual identifikatsiya barqaror şaharsozlik va Özbekiston madaniy merosini saqlab qoliş mavzusini oçib berişi, mahalliy arxitektura kontekstining öziga xosligiga urğu berişi kerak edi.
Tanlovning markaziy mavzusi seysmik modernizm böldi. Bu XX asr örtalarida Markaziy Osiyoda şakllangan va modernizm tamoyillarini seysmik faol hududlar uçun betakror texnik yeçimlar bilan uyğunlaştiradigan arxitektura yönalişi. Estetika va barqarorlikni uyğun birlaştirgan bu uslubni yangi vizual identifikatsiyaga asos qilib oldik.
Seysmik modernizm nafaqat arxitektura merosi, balki sanʼat va muhandislik şaharlarni barqaror va xavfsiz qilib, kelajak vazifalarini qanday hal qila olişiga misol hamdir. Biz Me’mor ana şu yönalişning ahamiyati haqida hikoya qiladigan, ayni paytda Özbekistonning yangi arxitektura merosini şakllantirişga yordam beradigan maydonçaga aylanadi, deb qaror qildik.
Me’morning yangi vizual identifikatsiyasi uçun ilhom manbai Toşkentdagi seysmik modernizm uslubidagi taniqli binolarning fasad naqşlari va dekorativ bezak elementlari böldi. Biz nafaqat barqarorlik va mustahkamlikni ramziy ifodalaydigan, balki uşbu arxitektura yönalişining estetikasini ham aks ettiradigan öziga xos geometrik şakllarni tanladik.
Uslub aniq çiziqlar va modernizmga xos binolarning fasad panellarini eslatuvçi modulli patternlar asosiga qurilgan. Ular barqarorlikni vizual ifodalovçi ritm hosil qiladi, şuningdek, bu uslub zamirida yotgan konstruktiv yeçimlar metaforasi bölib xizmat qiladi. Rang palitrasida arxitekturaning atrof-muhit bilan aloqasini ramziy ifodalovçi beton va tuproqning tabiiy tuslari ustunlik qiladi.
Professionallik va zamonaviylikni taʼkidlaş uçun logotip va tipografikada qatʼiy şakllar va ixçamlikdan foydalandik. Şu bilan birga, dizayn elementlari afişalar va ijtimoiy tarmoqlardan tortib körgazma maydonini bezaşgaça turli formatlarga moslaşa olişi uçun egiluvçan bölib qoladi.
Me’morning yangi vizual identifikatsiyasi tanlovning şunçaki vizual bezagi emas, balki barqaror arxitektura va seysmik modernizm merosi mavzusiga eʼtiborni jalb qilişga yordam bergan muhim vositaga aylandi. Mukofotning betakror uslubi uning ahamiyati va mintaqaga madaniy boğliqligini taʼkidlab, tanlovni mahalliy darajada ham, xalqaro darajada ham tanilarli qildi.