Kafeni tadbirkor va Facebookdagi samimiy, özi ustidan kuladigan postlar muallifi Zamira Rahmonova oçgan, bu postlar atrofida faol va sodiq hamjamiyat şakllangan. Loyihaning allaqaçon öz ovozi, kayfiyati va kuçli «ijtimoiy kapitali» bor edi. Vazifamiz şu ohangni saqlab qolib, uni brendning tizimli vizual va verbal tiliga ötkaziş edi.