Sapiens Toşkent markazidagi butik-mehmonxona bölib, öz qalbi va xizmat körsatişga zamonaviy yondaşuvi bilan ajralib turadi. Vazifamiz mehmonxonaning betakror falsafasini aks ettiradigan konsepsiya va vizual identifikatsiyani yaratiş edi. Mehmonxona Özbekistonni boşqa tomondan körsatişni istardi: zamonaviy, dunyoga oçiq, ilğor va inson birinçi örinda turadigan mamlakat sifatida.
Mehmonxona nafaqat qulayligi bilan hayratga solişi, balki muloqotga ilhomlantirişi, mamlakatning sayyohlar kam gapiradigan notaniş qirrasini oçib berişi kerak edi.