CHILLA nomidan boşlaboq Özbekistonning jazirama yozi estetikasini özida mujassam etgan pivo brendi. Bu asl özbekça nomga ega birinçi haqiqiy özbek lageri, şuning uçun unga Özbekiston muhitini aniq yetkazadigan va javondagi boşqa mahsulotlar orasida ajralib turadigan qadoq yaratiş muhim edi. Asosiy urğu brendning haqiqiyligi va öziga xosligiga, şuningdek, dizayn issiq havo uçun ayni muddao bölgan mahsulotning tetiklantiruvçi xarakterini aks ettirişiga qaratildi.
Yozning eng jazirama davri Özbekistonda Chilla deb ataladi. Bu söz pivo eng köp isteʼmol qilinadigan mavsumga yorqin işora qiladi. Mijoz bizga pivo brendini yaratiş uçun aynan şu nom bilan murojaat qildi. Bu oç rangli lager şaffof şişalarga quyiladi, şu bois firma ramzi sifatida oq quyoşni tanladik: u pivo rangi bilan uyğunlaşib, köpikli içimlikka xos rang gammasini hosil qiladi va kuçli yozgi jaziramani ham aks ettiradi.